MIYON HAZRAT (AHAD) MADRASASI

MIYON HAZRAT (AHAD) MADRASASI — Qo’qondagi me’moriy yodgorlik (18-a.). Miyon Ahad asli Peshovar (poki- ston)lik bo’lib, evarasi Abdurahmonning hikoya qilishicha, u Abdusamadboy degan savdogar b-n tanishib, o’z oilasi b-n Qo’qonga ko’chib kelgan. Ahad o’zining o’tkir zehni, diniy bilimlarga boyli- gi b-n mahalliy aholi o’rtasida katta e’tibor qozongan, hamda xon huzurida maslahatchi darajasiga ko’tarilgan. U Pokistondan olgan meros mulkiga TSHU madrasani qurdirgan. Madrasa tarhiga ko’ra, murakkab, 3 hovlili; 2 hovli Sharq-G’arb o’qi bo’ylab, 3-hovli esa Jan.dan yondashgan. Madrasaga kiriladigan asosiy yo’l Jan. hovlining g’arbidan peshtoq gumbazli darvozaxo- na orqali kiriladi. Yog’ochdan ishlangan darvozani mahalliy usta Iskandarxo’ja o’yma naqshlar b-n bezagan. Jan. hovli (32×26) atrofida xujralar joylash- gan, uning Jan. tomonidagi masjid ko’p ustunli, tarhi to’g’ri to’rtburchak, te- kis tomli. Madrasa hovlisining Jan.- sharqida uncha katta bo’lmagan minora saqlangan. Sharkiy hovli (35×20 m) va g’arbiy qovli (23 x 11 m) atrofida ham hujralar joylashgan. Sharqida ayvon (saqlanmagan), g’arbida esa darexona bor. Madrasa tomlari kulohiy, qubbali va to’sinli usullarda qoplangan. Tashqarisi sirkor pishiq g’ishtdan ishlangan, ichi esa ganch qorishmasida suvalgan. Uning bunday hovlilar tizimiga ajratilishi o’qitiladigan fanlarning guruxlanti- rilishi b-n bog’liq deb taxm. qilinadi. Madrasada diniy bilimlardan tashqari boshqa fanlar qam o’qitilgan. Muqimiy ham shu madrasada ta’lim olgan. Ad.: Azimov I., Farg’ona vodiysi-ning arxitektura yodgorliklari, T., 1986.