Miyonbuzruk
Miyonbuzruk, Solihov Miyon- buzruk (1891—Toshkent—1938.4.10) — adabiyotshunos, folklorshunos va san’atshunos olim. Istanbul untini tugatgan (1927). O’zbekistonga qaytgach (1927), O’rta Osiyo unti Sharq f-tida o’zbek tili va adabiyotidan dare bergan (1927-31). M. Avezov, A. K. Borov- kov, M. Shayxzoda, Mirzakalon Ismoi- liy kabi tanikli yozuvchi va olimlarga ustozlik qilgan. Tojikiston davlat ma-Orif in-tida o’qituvchi (1931-32), O’zbekiston madaniy qurilish ilmiy tadqiqot in-ti (1932-33) va O’zbekiston Fan qo’mitasi qoshidagi til va adabiyot in-tida (1934-35) ilmiy xodim, tosh- kent pedagogika in-ti, SamDU (1936) va Buxoro pedagogika in-ti (1936, apr.)da o’qituvchi. M. — o’zbek adabiyoti va san’- atiga oid maqolalar («O’zbek», «Bedil», «Mehrobdan chayon» haqida va b.), shuning- dek, «O’rta Osiyo va o’zbek adabiyoti tari- xiga umumiy karash» (1930), «So’fizoda va uning ijodi haqida» 1934), «O’zbek teatri tarixi uchun materiallar» (1935) kabi risola va monografiyalar mualli- Fi. S. Ayniyning «Doxunda» romanini o’zbek tiliga tarjima qilgan. M. 1937 y. 7 avg.da hibsga olinib, 1938 y. 5 okt.da «xalq dushmani» sifatida otib tashlan- gan.