Mizdaxqon

Mizdaxqon — Xorazmdagi yirik o’rta asr shahar xarobasi. Xo’jayli sh.dan 7-8 km g’arbda joylashgan. Antik davr- ga oid qishloq xarobasi o’rnida 5-6-a. larda bunyod etilgan qasr asosida vujud- ga kelgan va mo’g’ullar hukmronligining oxirigacha (14-a) mavjud bo’lgan. M. 2 tepalikdan iborat. Ulardan biri (Gabr qal’a) M.ning qad. qismi bo’lib, uning qalin paxsa devori va arkining qoldiqlari saqlangan. M.ning 2 tepali- gi qabristonga aylangan. Uning maydo- nining bir qismida Mazlumxon suluv makbarasi (13-a. oxiri — 14-a. boshi) joylashgan. M.ni arxeologik jihatdan o’rganish ishini 1928 y. A. Yu. Yakubov- skiy boshlagan. 1962, 1964-65 y.larda M.da S. P. Tolstoe rahbarligida Xorazm arxeologiya etnografiya ekspedisiyasi qazishmalar o’tkazgan. Natijada M.ning tarixi va Xorazmning Islom dinigacha bo’lgan qad. diniga oid ko’plab qimmatli ma’lumotlar olindi. 10-a.da M. obod shahar bo’lib, atrofida 12000 turar joy qo’rg’onlari joylashgan. M.dagi qabristonga zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan marhumlar Ossu- ariylarga solib ko’milgan. Ossuariylar- da rangbarang mazmundagi na-qshlar va qad. Xorazmiy tilida yozilgan bitiklar saqlangan. Ad.: Yagodin V.N., Xodjayov T.K., Ne- kropol drevnego Mizdaxkana, T., 1970.