Mnemotexnika
Mnemotexnika (Yun. Mneme – xotira, techne — mahorat) — inson- ning eslab qolish qobiliyatini namoy- ish etuvchi tsirk yoki estrada tomoshasi. Turli narsalar nomini, hujjat yoki pul kupyuralarini, sonini maxsus ishlab chiqilgan uslub yordamida eslab qolish va aniq aytib berishga asoslangan M. tomo- shasini, odatda, ikki kishi ijro etadi. Birinchisi tomoshabinlarning qo’lidagi turli narsalar (ro’molcha, kalit, ko’zoynak, soat va h.k.)ni ko’rsatib, savol beradi, ikkinchisi esa ko’zi bog’langan holda ko’rsatilgan narsalarni yoki son raqamlarini bexato aytib beradi. M. asosini turli shifr (kod)lar tashkil etib, ular tomoshabinga sezilmaydigan intonasiya, savolning tuzilishi, Max- sus tovush signallari orqali birinchi ijrochidan ikkinchisiga yuboriladi. M. san’atiga 18-a.da frantsiyalik mashhur fokuschi Pinetti asos solgan. 20-a.da M.ningrivojlanishigaarrago, I. Sun va g. Agaronovlar katta hissa qo’shdilar. O’zbek tsirkida E. va A. Shohqulovlar, F. va Sh. Rajabovlar, P. Egamberdiev fao- liyat ko’rsatib kelishmoqda. M. san’ati an’anaviy tsirk guruxlari da-sturida ham uchraydi. Po’lat Toshkanbaev.