MODDIY MANFAATDORLIK
MODDIY MANFAATDORLIK – muayyan jamiyat, qatlamlar, guruxdar va ayrim kishilarni o’z iqtisodiy va mehnat faoliyatlari yuqori samarali bo’lishidan manfaatdor etadigan va FA- ollikka undaydigan ob’ektiv-iqtisodiy tamoyillar. Kishilarning moddiy extiyojlari moddiy ne’matlar b-n qondiriladi. Shu- ning uchun ham, tabiatni, tabiiy ne’mat- larni o’zlashtirish (o’zinikilashtirish), ulardan hayotiy makon va moddiytabiiy resurelar sifatida foydalanish, ij- timoiy zarur mahsulot i.ch. va iste’mol qilish inson uchun tarixan eng birinchi moddiy extiyoj, manfaatrag’bat, ob’ektiv maqsad bo’lgan va rivojlanib kelgan. Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli davrlarida M.m. turli xilda va turli darajalarda namoyon bo’ladi. Mac, ibtidoiy jamoa tuzumi davri- da, tabiatni va uning ne’matlari- ni birlashib o’zlashtirish va egalik qilishdan, mahsulotlarni birgalikda umumiy mehnat b-n qo’lga kiritish va teng taqsimlash sharoitida o’zlariga te- gishli erlarni va b. ne’matlarni turli xil tajovuzlardan birgalikda himoya qilishdan, mahsulotlarni ko’proq i.ch.dan va iste’mol kilishdan yuqori daraja- da moddiy manfaatdor edilar; ularda umumiy manfaat kuchli edi. Quldorning o’z xo’jaligidagi qullarning va o’zining (oila xo’jaligi) extiyojlari uchun etar- li va undan ko’proq miqdorda mahsulot etishtirilishidan moddiy manfaat- dorligi bor edi. Qullar esa o’z mul- klariga ega emasliklari, mulk ortti- rishga haqhuquklari bo’lmaganliklari, aksincha, o’zlari quldorlarning mulki bo’lganliklari sababli ko’proq va sa- marali mehnat qilishdan manfaatdor emas edilar, balki, ko’proq iste’mol qilishdan manfaatdor edilar. Zamindor- lik va shaxsiy qaramlik hukmron jami- yatlarda qaram deqxrnlar o’zlariga ajra- tilgan erlarda unumli, samarali mexmat kilishdan manfaatdor edilar, chunki erlardan olingan mahsulotlar ularning o’zlariga tegishli bo’lar edi (q.Zamshdor, Zamshdori). Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijti- moiy mehnat taqsimoti rivojlanib, mulkiy munosabatlar takomillashib bozor munosabatlari rivojlandi, na-Tural i.ch. o’rniga tovarli-bozorli xo’jaliklar va i.ch. vujudga keldi; ular- ning tabaqalanishi natijasida milliy iqtisodiyotlar shakllandi va rivojlan- Di. hoz. paytda esa bozor iqtisodiyotining turli xillari, turlari, milliy model- lari mavjud bo’lib, ularda umumdemo- kratik-insoniy munosabatlar, tamoy- illar tobora ko’proq qaror topmoqda. Bunday jarayonlar kishilik jamiyatida iqtisodiy munosabatlarning va manfa- atlarning hamda M.m.ning xilma-xilli – gini kuchaytirmoqda. Shu b-n birga, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy muqobil xillari va modellari qanday bo’lishidan qat’i nazar, ular uchun umu- miy bo’lgan ba’zi manfaat va rag’batlar ham borki, ular M.m.ni ta’minlashda va kuchaytirishda va shu orqali iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda juda muhim ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan xilma-xil mulkchilik, erkin sohibkorlik va ko’p ukladli xo’jalik ti- zimi, narx belgilash mexanizmi, raqobat va b. barcha kishilarning, xo’jalik sub’- ektlarining o’z iqtisodiy faoliyatlari va mehnatlari natijalari hamda shar- tnomaviy majburiyatlari bo’yicha mas’u- liyatlarini, M.m.ini nihoyatda kuchayti- radi, har bir shaxs o’zining iqtisodiy faoliyati, mehnat orqali o’z daromadlari va mulkini ko’paytirishga intiladi. Ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend kabi daromad turlari, ularni ko’paytirish imkoniyati shaxslarning M. m.ni va faol- ligini oshiruvchi juda muhim iqtisodiy rag’bat, dastak va shart-sharoitdir. O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti ne- gizlari — i.ch. vositalariga va b. Ne’- matlarga xilma-xil mulkchilik va ko’p ukladli xo’jalik asoslari yaratildi, boshqariladigan bozor munosabatlari, asosan, shakllandi va takomillashmoqda, mulkka va xo’jalikka mustaqil egalik qilish, xususiy va erkin xo’jalik yuri- tish, erkin mehnat qilish va daromad olish imkoniyatlari vujudga keldi va kengaymoqda. Ad.: Karimov I. A., Ozod va obod va- tan, erkin va farovon hayot—pirovard maqsadimiz, T., 2000; Smit A., Issledo- vanie o prirode i prichinax bogatstva narodov, M., 1962. Erlis Altshulov.