MOLIYA AKTIVLARI VA PASSIVLARI

MOLIYA AKTIVLARI VA PASSIVLARI – Barcha moliyaviy aktivlar moliyaviy majburiyatdan kelib chiqadi, ammo monetar oltin va Xalqaro valyuta jamg’armasining qarz olish maxsus huquqi ham, garchand ular uchun tegishli moliya manbalari bo’lmasa-da, moliyaviy aktiv sifatida qaraladi. Bundan tashqari, korporatsiyalarning aksiyalari va derivatlar deb nomlanuvchi muayyan turdagi moliya omillari (instrumentlari) ham moliyaviy aktiv sanaladi.