Monetarizm
Monetarizm (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy kontsepsiya. 20-a. ning 50-y.lari- da Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSh), o. Fayt (GFR), J. Ryueff (Frantsiya) va b. asar- larida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. Ageynsning pulsiz omillar (mas, investisiyalar) o’rniga aynan pulli omillarni Afzal ko’radilar. M. iqtisodiyot nazariyasidagi neoliberalizm oqimiga kiradi, ta’min- lash va iktisodiy o’sish mexanizmini yaratish muammolari b-n shug’ullanadi va bu mexanizmda asosiy e’ti-borni pulga qaratadi. M.ga ko’ra, iqtisodiy jarayonlarda, xo’jalik yuritishda muomaladagi pul miqdori va pul massasi b-n tovar mas- sasi o’rtasidagi aloqalar belgilovchi o’rinda turadi. Monetaristlar pul emis- siyasini tartibga solish, milliy pul birligining valyuta kursi, kredit Foi- zi, soliq stavkalari va boj tariflarini iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatishning aso- siy usullari deb biladilar. Fiskal si- yosat o’rniga faol pul-kredit siyosatini qo’llash taklif etiladi. 1963 y. Frid- men tomonidan «AQShning 1867-1960 y.larda pul tarixi» kitobi (Anna Shvars b-n ham- mualliflikda) bosilib chikdi. Bu ki- tobda M. kontsepsiyasi uzining ishon- chli tasdig’ini topdi. Mazkur kitobda AQShdagi Buyuk depressiyaning asosiy sababchisi Markaziy bank ekanligi kur- satilgan. Monetar kontsepsiya AQSh ama- liyotida yaxshi natija berdi. M. g’oyalari 20-a.ning 80-y.laridan G’arb mamlakatla- rida davlat iqtisodiy si-yosatiga Sing- dirildi, uning tavsiyalari amaliyotga joriy qilindi. AQShda «reygonomika» (AQSh prezidenti R. Reygan nomi b-n bog’liq) siyosati shu tavsiyalar asosida ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Na- tijada AQSh iqtisodiyoti 70-y. larda yuz bergan tanglikdan chiqib rivojlanish yulga utdi. Abduxalil Razzoqov.