Movarounnahr
Movarounnahr (Arab. — Daryo- ning narigi tomoni) — o’rta asrlarda Islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama. Uning xuddi shu ma’- noni anglatgan fors tilidagi «Varo- Rud» va «Varojayxun» shakllari ham mavjud bo’lib, ularning barchasi avval (11 -a. gacha) Xuroson viloyatining davo- mi sifatida, 11-a. boshidan e’tiboran esa Turkiston, ya’ni Qoraxoniylar dav- lati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi ma’muriy birlik sifatida tushunilgan. 11-a.da Evropa tarixshunos- ligida mazkur Arab atamasining lotincha tarjimasi bo’lmish yangi «Transoksiana» yoki «Transoksaniya» atamalari muomala- ga kiritilgan. Hoz. zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda M. deganda, asosan, Turkma- nistondan tashqari bo’lgan O’rta Osiyo hududlari, ya’ni, O’zbekiston, Tojiki- ston, Qirg’iziston va Qozog’istonning Jan. qismi tushuniladi. M. atamasi ilk bor Payg’ambarimiz Muhammad (sav) haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama ara- blar orasida islomgacha bo’lgan davrlar- da ham ma’lum bo’lib, u vaqtda (mil. 6-a.) Sosoniylar davlatidan shim.-Sharqda, Jayxun, ya’ni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli erlarni anglatgan. Qad. fors manbala- ridagi ma’lumotlarga tayangan Arab Geo- graf olimi yoqut Hamaviy M. atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar o’zlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-a.ning 2-yarmi — 8-a.ning boshi) ikki xil tushuncha haqida ma’lumotga ega bo’lganlar: «ma duna-nnahr», ya’ni «da-Ryoning pastki to- moni», va «ma varo-annahr» — «daryoning narigi tomoni». Ulardan birinchisi Xu- rosondan Sharqda Amudaryodan Jan.da Hindukush tog’larigacha bo’lgan Toxari- ston erlarini; ikkinchisi esa, Amudaryo- dan shim.da joylashgan shim. Toxariston va Sug’d erlarini o’z ichiga olgan. 9-10- a.larda yashagan va O’rta Osiyo hududlariga tavsif bergan Arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nis- batan M. atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa Arab geograflari esa O’rta Osiyo hududlari xdqida so’z yuritganlarida M. atamasini juda tor ma’-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvir- laganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va M. erlaridan tashqari, Xindi-ston, Xitoy erlarini va hatto Hind va tinch okeanlaridagi Yaponiyaga- cha bo’lgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh). 11-a. boshidan e’tiboran M. istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sug’d va Xorazm, boshqalarida esa Sug’d va Shim. Toxariston erlarini o’z ichiga ol- gan. Ma’no jihatdan esa bu atama endi Turkiston, ya’ni Qoraxoniylar dav- lati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chig’atoiylar, Temuriylar va Shayboniy- lar davlatlarining tarkibidagi ma’mu- riy birlikni anglatgan. Shunday qilib, M. atamasi o’rta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlaka- ti (7-a. gacha), keyin Xuroson (7— 10-a. larda) undan ham keyin Turkiston (11- a.dan boshlab), ma’lum vaqt esa Xorazm (12-a.ning oxiri — 13-a.ning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik ma’noga ega bo’lib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xokrnligi, Arab xali-faligi, shuning- dek, Somoniylar, Qoraxoniylar, xo- razmshoxlar va b. davlatlarning tarki – biga ma’muriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda kel- tirilgan ma’lumotlarning yig’indisi ham hududiy jihatdan «O’rta Osiyo» ata- masini anglatadigan Turkiston tabiiy- geografik o’lkasining barcha erlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan shim. Xuroson (Tur- kmaniston), Ettisuv (Qozog’iston) va Jan. Toxariston (Afg’oniston) erlari hech qanday manbalarda M. tarkibiga ki- ritilmagan. Shuning uchun, M. atamasi- ning o’rta asrlarda ishlatilgan eng keng ma’nodagi tushunchasi tarkibiga shart- li ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan erlarni kiritish mumkin. Ld.: Mahmud Koshg’ariy, Devonu lug’otit turk (turkiy so’zlar devoni, tarjimon va nashrga tayyorlovchi S. M. Mutalli-bov), 3 j.li, T., 1960-1963; Mahmud ibn Vali, More tayn otnosi- Telno doblestey blagorodnix, T., 1977; Kama liddinov Sh. S, Istoricheskaya Geo- grafiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX— nachala XIII vv., T., 1996. Shamsiddin Kamoliddinov.