Mug’qal’a
Mug’qal’a, Mug’tepa, Mug’qo’rg’on — arxeologik yodgorlik (mil. 1-13-a. boshi). Namangan viloyatining Kosonsoy sh. yaqinida joylashgan. M.q. 2 qismdan iborat: Ark va Shahriston; qo’rg’on (mayd. 4 ga). Har 2 qism kuzatuv minoralari bo’lgan mudofaa devori b-n o’ralgan. Ark shahristonning Jan.-G’arb tomonida, ko- sonsoy daryosining tik yon bag’rida joy- lashgan. Undan milodning boshlari va o’rta asrlarga oid topilmalar chiqqan. Tarixiy manbalarga ko’ra, arkda quyosh ibodatxonasi bo’lgan. Ushbu ibodatxo- na, Shahristoniynchnt yozishicha, xali- FA Mu’tasim davrida (833-842) buzib yuborilgan. 1983 y.gi tekshirishlar na- tijasida shahristondan ilk o’rta asr- larga oid arxeologik majmua ochilgan. Tadqiqotchilar fikricha, Shahriston dushmandan ustalik b-n himoya qilingan: dushman hujumi kutiladigan tomon qo’shimcha devor b-n mustahkamlangan. Bu holat g’anim hujumini har 2 mudo- FAA devoridan turib qaytarish imkoni- ni bergan, chunki shahar darvozasi shu erda joylashgan bo’lib, agar dushman darvozadan kirgan taqdirda ham ichkari- ga o’ta olmasdi va o’ziga xos «qopqon»ga tu-shardi. M.q.ning qo’rg’on qismi Ark va shahristondan keyin qurilgan, undan no- tinch davrlarda o’ziga xos panagoh sifati- da foydalanganlar. Qo’rg’onning alohida darvozasi bo’lgan. Tadqiqotchilar fikri- cha, M.q. Farg’onaning «harbiy poytaxti» hisoblangan. Yozma manbalar ehtimol ay- Nan shu shaharni Farg’onaning 8-a.oxiri — 9-a. boshlaridagi poytaxti sifatida qayd etgan bo’lsalar kerak. Ad.: Bernshtam A.N., Drevnyaya Ferga- na, T., 1951; Matboboev B. X., Shamsut- dinov R.T., Mamajonov A., Buyuk ipak yo’lidagi Farg’ona shaharlari, Andijon, 1994. Boqijpn Matboboev.