MUG’QAL’A HUJJATLARI

MUG’QAL’A HUJJATLARI – Mug’qal’a xarobalaridan topilgan hujjatlar majmuidan iborat o’ziga xos arxiv qoldig’i (mil. 7-a. oxiri — 8-a. boshi). Uning tarkibidagi jami 80 xuj- jatdan 74 tasi fanda shartli ravishda «milliy Sug’d yozuvi» yoki Samarqand Sug’d yozuvi deb nomlangan yozuvda bitilgan. 3 ta hujjat Xitoy yozuvida bo’lib, mazkur arxiv mazmuniga daxldor emas. Xitoycha matn bitilgan qog’ozning orqa toza yuza- sidan yozuv materi-Ali sifatida foyda- lanilgan. 2 ta hujjat Arab yozuvini Kufa usulida bitilgan va arxiv mazmuniga aloqador. 1 ta hujjat teri yuzasiga qad. turkruniy yozuvda bitilgan. Hujjatlar bitilgan materiallar turlicha. 20 dan ortiqhujjat toldan kesilgan tayokcha- larda, 20 dan ortiqroq hujjat oshlangan teri yuzasida va bir qancha hujjat Xitoy qog’ozlarda etib kelgan. Hujjatlarning mazmun doira- si xilma-xil, ularning bir turkumi huquqiy (nikoh va bu munosabat b-n oila mulkiy munosabatlari haqidagi masala- larni aks ettiradi) munosabatlarga oid. Hujjatlarning yana biri tegirmon ija- rasi, ikkinchisi er mulkchiligi haqidagi hujjatlardir. Bir turkum hujjatlar diplomatic yozishmalar toifasiga kiradi. Hujjat mazmun e’tibori b-n Arab boskinchiligi voqealari b-n bevosita aloqador, unda xalifalik noibining Movarounnaxrda- gi omili Abdurrahmon binni subhning Panch hokimi Devashtichp ogohlantirish va do’q-po’pisasi ifoda topgan. Yana biri diplomatik maktub Devashtich tomonidan Rust xrkimi Afarunga yozilgan bo’lib arablarga qarshi harbiy kuchlarni bir- lashtirish masalasiga ishorat qiladi. Arxiv hujjatlarning kattagina guruhi framandar (xo’jalik ishlari bo’yicha nozir) nomiga yozilgan Devash- tichning buyruqlaridir. Yana bir qancha hujjatlar Sug’d davlatining xo’jalik munosabatlarini aks ettiradi. Ular orasida teri oshlash, charmgarlik, zi- roatchilik, bog’dorchilik va b. xo’jalik sohalarining Arab istilosi kunlari- dagi ahvolini ko’rsatuvchi bir qancha hujjat namunalari bor. Yana bir guruh hujjatlarda moliyaviy munosabatlar aks etgan bo’lib, avvalo saroy ehtiyojlari uchun xarajatlar ro’yxati, turli xil to’lovlar haqidagi axborotlar, soliq va boj yig’malari kabi bevosita moliya iqtisod munosabatlari aks etgan. M.q.h.ning tarixiy manbalik ahami- yati g’oyat darajada yuksak baholanadi. M.q.h. bugunga qadar to’liq ilmiy nashr etilgan. Ularning dastlabki ilmiy nashrlari rus olimlari A. A. Freyman, M. N. Bogolyubov, V. A. Livshis, O. I. Smirnovalar tomonidan 1960 – y.larning boshlarida amalga oshirilgan. 1990-92 y.larda sug’dshunos olim M. Ishoqov so’nggi davrlarda sug’dshunoslik sohasidagi yangi natija va xulosalar asosida M.q.h – katta turkumini o’zbek ti- liga tarjima qilib, ilmiy izoxlar b-n nashr ettirdi. Ad.: Sogdiyskiy Sbornik. Sbornik statey o pamyatnikax sogdiyskogo yazika i kulturi, naydennix na Gore Mug, L., 1934; Sogdiyskie dokumenti s gori Mug, M., 1962-63. Mirsodiq Ishoqov.