MUHAMMAD AMINXON MADRASASI
MUHAMMAD AMINXON MADRASASI — Xivadagi me’moriy yod- gorlik (1852-55). Muhammad Amin- xon qurdirgan. Ichan qal’aning g’arbiy qismida joylashgan. Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatidagi hujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilar ayvon- li. Bu uslub Xiva madrasalari me’mor- ligida ilk bor shu binoda qo’llanilgan. Ayvonlarning qurilishi sodda, hovlining umumiy me’morligiga Moe. Ikki qavatli ayvonlardagi qanoslar va qarama-qarshi qo’yilgan peshtoqlar sirkor parchinlar b-n naqshlangan. Hujralar tomi balxi gumbaz b-n berki- tilgan. Sharqiy qanotidagi masjid va g’arbiy qanotidagi darsxonaning gumbaz- lari burchaklaridan chiqarilgan toqili qiya sathbag’alga qo’yilgan. Peshtoqining 6 qirrali kurkam ravog’i ham sirkor parchinlar b-n bezatilgan. Masjid- ning baland gumbazi peshtokidan ancha yuqori ko’tarilib turadi. Madrasaning baland va bezakdor peshtoqi o’ziga xos mayda ravoqchalarga bo’lingan, burcha- klaridagi mezanali guldastalar bi- noga salobat va go’zallik bag’ishlaydi. Binoda Xiva me’morlik maktabiga xos uslublarning eng yaxshi namunalari qo’llangan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 2 oshyonli, 5 gumbazli bo’g’imlarga ajra- tilgan. Yog’och o’ymakorligida ishlangan eshik va panjaralar noyob san’at asari hisoblanadi. Umumiy tarhi — 77×60,0 m; hovli 38,0×38,0 m; masjid 9,4×8,4 m; darsxona 5,6×5,6 m. Madrasa ta’mirla- nib, mehmonxona uchun moslashtirilgan, o’tmishda yirik o’quv dargohi va shahar devonxonasi bo’lgan.