Muhammad Nodir Samarqandiy
Muhammad Nodir Samarqandiy (16-a. oxiri — 17-a.) — musavvir, Yi- rik portretchi. Asli Samark,andlik, keyinroq Hindistonga borib ja-hongir (1605 — 27) va Shoh jaqon (1627-58) saroyida ijod qilgan. M. N. ijodi- da O’rta Osiyo va Hindiston miniatyura maktablari an’analari uy-g’unlashgan; portretlarida kishilarning ruhiy holati, ichki olamini yoritishga inti – lish seziladi. «Savdogarlar Yusufni quduqsan tortib olmoqdalar» (Rossiya milliy kutubxonasida) kabi ko’p shaklli kompozisiyalar, Jahongir, Shoh Jahon, Shahzoda Doniyol (Britaniya muzeyida) va Xusrav (Luvrda), davlat arboblari xali- lulloxon, Izzatxon, Asafxon o’g’li Mir- zo, sher Muhammad (Britaniya muzeyida) portretlarini yaratgan.