MUHAMMAD RAHIMXON MADRASASI

MUHAMMAD RAHIMXON MADRASASI — Xivadagi me’moriy yod-gorlik (1871). Muhammad Rahim II (Fe- ruz) qurdirgan. Ko’hna arkning Sharqiy darvozasi qarshisida joylashgan. M.R.m. masjid, ayvon, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. Madrasaning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Burchaklariga guldastalar ish- langan. Xiva me’morligiga xos uslubda peshtokli koshinkori naqshlar b-n bez- atilgan. Sirli g’ishtlar «qo’sh» va «ban- tak» uslubida terilgan. Peshtoqining ikki qanotida 2 qavatli oldi chuqur ravoqli 5 ta hujraga ganchkori panja- ralar o’rnatilgan. Bosh tarzidagi mi- yonsaroy 9 ta gumbazli xonadan iborat. Masjid va darsxona hujralar b-n o’zaro bog’langan. Hovli murabba tarhli, uch to- moni 76 ta hujra b-n o’ralgan. Janubida gumbazli ayvon va b. qo’shimcha xonalar bor. Keyinroq, madrasaning old tomoni- ga bir qavatli savdo rastalari qatoridan iborat hovli qurilgan. M.R.m.ning umu- miy tuzilishi va ichki tarhi an’anaviy Xiva madrasalari me’morligidan bir oz farq qiladi. Umumiy tarhi -62,4×49,7 m; hovli -28,3×28,8 m; darsxona -5,4×5,4 m; masjid — 7,0*7,0 m; savdo qatorlari — 25,0×50,0 m; hovli 16,9×42,5 m.