MUHAMMAD SODIK KOSHG’ARIY

MUHAMMAD SODIK KOSHG’ARIY (Qashqariy) (1740— Qashqar — 1849) — tarixchi, fayla- suf, tilshu-nos olim, adib va shoir. Qashqardagi «Sochiya» madrasasida dunyo- viy va diniy ilmlar, Arab, fors tilla- ri, Sharq mumtoz adabiyotini mukammal egallagan. M.S.K. «Tazkirai Azizon» («Azizlar tazkirasi») (1768-69), 1844 y.da yozilgan «Tazkirai Ashob ul-Qahf» («G’or egalari tazkirasi») va «Risolai kasbdor» («kosiblar risolasi») kabi asarlar muallifi. «Tazkirai Azizon» da Maxdumi A’zam va uning avlodla- rining Sharqiy Turkiston — Yorkend xonligi (1465-1759) dagi FA-oliyati, Yorkend xonligining 16-18-a.dagi si- yosati, ijtimoiy-iqtisodiy va mada- niyat tarixini yoritib bergan. Asarda Naqshbandiya tariqati vakillari va ular- ning tariqatlari to’g’risida muhim ma’- lumotlar berilgan. M.S.K. falsafa va ped.ga oid asarlar ham yozgan. M.S.K. til- shunos olim va usta tarjimon. Tabariy- ning «tarixi Tabariy» hamda Muhammad Haydarnnng «tarixi Rashidiy» asarla- rini fors tilidan turk (uyg’ur) tiliga tarjima qilgan. Tarixiy asarlarning turkiy tarjimasi Markaziy Osiyo, tur- kiston, Kavkaz, Kaspiy dengizining Jan. etagi, Tibet, shim. Hindiston va Afg’onistonda yashayotgan xalqlar tari- xini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. M.S.K. «Sodiq» taxallusi b-n turk va fors tillarida g’azal, muxammas, ru- boiy, masnaviy, qit’alar yaratgan. M.S.K. adib sifatida o’z zamonasida yashab ijod etgan yozuvchi, shoirlar ijodi haqida biz- ga yangi-yangi ma’lumotlar beradi. O’sha qimmatli ma’lumotlar asosida uyg’ur mumtoz adabiyoti tarixi yangi namoyanda- lar b-n to’ldirildi. M.S.K. Qashqardagi Yusuf xos Hojib maqbarasi oldidagi «Oq mozor» qabristoniga dafn etilgan. Omonbek Jalilov.