Muhammad Solih
Muhammad Solih (1455, xo- razm — 1535, Buxoro) — shoir. Xorazm hokimi Amir Nursaidbek oilasida tug’ilgan. Bobosi Shohmalik Ulug’bek sa- ro-yida, otasi Nursaidbek esa Ulug’bek, Jo’gi Mirzo, Abu Said saroylarida e’- tiborli arboblardan bo’lgan. M.S. Xo- razmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydyan ilm o’rgangan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va b. Temuriylar saroyida ma’lum muddat xizmat qilgan. Biroq otasining o’limiga sababchi bo’lgan temuriyzodalar b-n ish- lashni xoxlamay, 1499 y. Shayboniyxon xizmatiga kirgan. Buxoro, Chorjo’y, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. «Amir ul-ulamo», «Malik ush-shuaro» unvonla- riga sazovor bo’lgan. 1507-10 y.larda Hirotda yashagan. Shayboniyxon vafoti- dan so’ng Buxoroga qaytgan. M.S. turkiy va forsiyda ijod qilgan. She’rlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda. O’zbek adabiyoti tari- xida ilk realistik tarixiy Doston — «Shayboniynoma»ni yozgan. Doston 8880 misra, 76 bobdan iborat. 15-a. oxiri — 16-a. boshlaridagi voqealar aks etgan bu asar tarixiy, etnografik, geografik, lingvistik jihatlardan ham, badiiy- ligiga ko’ra ham muhim ahamiyatga ega. Dostonning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoir hayotligida Qosim kotib to- monidan 1510 y.da ko’chirilgan qo’lyozma nusxasi Venada saqlanadi. 1904 y.da Sankt-Peterburgda (1904), Toshkentda (1961, 1989) nashr etilgan. Vamberi M.S.ning «Laylo va maj- nun» nomli turkcha go’zal dostoni borli- gini xabar bergan, lekin u topilgan emas. «Qomus ul-a’lom»tsa «noz va Niyoz» man- zumasi M.S.ga nisbat berilgan, biroq Nisoriy «Muzakkiri ahbob»da uning muallifini Baqoiy deb ko’rsatadi. As: Shayboniynoma, T., 1961; 1989. Ad.: Akra mov A., Muhammad Solih, T., 1966; Ibrohimov A., 16 asr o’zbek ada- biyotining asosiy xususiyatlari, T., 1976. Begali Krsimov.