Muhammad Solih Rahim Koraxo’ja o’g’li

Muhammad Solih Rahim Koraxo’ja o’g’li (taxm. 1830—Toshkent — 1890) — tarixchi va geograf olim. M. S. bobosi mulla Abdurahimxo’ja o’z nasab- nomasi b-n Shayx Xovandi Tohur (14-a.) ga bog’lanishini va u Toshkentning Qiyot mahallasidagi Bekmuhammadbiy masji- dida imomlik qilganligini va dare ham berganligini ta’kidlaydi. Otasi domla Rahim Qoraxo’ja o’z davrining bilimdon ziyolilaridan bo’lgan. M.S. ilk saboqni bobosidan olgan. So’ngra Toshkentda- gi Eshonquli dodxoh, Beklarbegi, Xoja Ahror, Qo’qondagi Azimboy va Buxoro- dagi Ko’kaldosh madrasalarida tehsil olgan. 1863 y.da Toshkentning Qiyot mahallasidagi bobosi imomlik qilgan masjidda Imom bo’lgan va dare ham ber- gan. M.S. Turkistonning turli joylari- ga safar qilgan. 1863-88 y.larda yozgan «Tarixi jadidai Toshkand» («Toshkent- ning yangi tarixi») asari Toshkent ta- rixiga bag’ishlangan birdanbir kitob- dir. Uning muallif dostonidan iborat nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo’lyozmalar fondidasaqlanadi (№7791). In-tfondida asarning asli- dan ko’chirilgan yana ikki nusxasi mavjud (1936, 1940 y.lar; №11072, №11073). «Tarixi jadidai Toshkand» 2 jild- dan iborat. 1jild — umumiy tarix, Turkiston va qo’shni mamlakatlar tarixi ilgarigi tarixiy asarlar ma’lumotlari asosida yozilgan; 2jild — o’z navbatida 3 qismdan tuzilgan; 1qism — 15-16-a. lardagi Farg’ona tarixi, 2qism — 15— 19-a.lardagi Turkiston tarixi, jumla- dan, Qo’qon xonligi va Toshkent tarixi, 3qism — Toshkentning geografik tavsi- Fi va muallifning o’zi haqida yozganla- ri. 2jild yozma manbalar, Mushohidlar hikoyalari va muallifning o’z ko’rganlari asosida yozilgan va ilmiy nuqtai nazar- dan eng qimmatlidir. Asarning Toshkentga bag’ishlangan qismida shahar topografiyasi (suvla- ri, qo’rg’oni, darvozalari, to’rt dahasi, mahallalari, madrasa, masjid, maqbaralar, hammom va b.), Rossiya im- periyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi (1865), shuningdek, Toshkent viloyatiga oid qismida esa viloyatdagi mevali daraxtlar, poliz ekinlari, tur- kistonning katta qismida tarkalgan dorivor giyoxlar, foydali qazilmalar, o’simlik va hayvo-not olami va turli ka- salliklar (bezgak, zotiljam, ko’zapusht, vabo, sarsom, istiskr, kulanj va b.) haqida ma’lumotlar bor. Toshkentning Sharq-idagi tog’lar tavsifi ayniqsa mu- fassaldir. Shaharning muallif davri- dagi tarixi ham batafsil va aniq yori- tilgan. Ad.: O’rinboev A., Bo’riev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983; Munirov K., Irisov A., Nosirov A., Toshkent tarixida ba’zi siymolar, 1983.