MUHAMMADALI XALFA SOBIR O’G’LI
MUHAMMADALI XALFA SOBIR O’G’LI, Dukchi eshon, Madali eshon (1856, Farg’ona viloyati Chimyon qishlog’i — 1898.12.6, Andijon) — Andijan qo’zg’oloninng rahbari. O’rta hol dehqon va hunarmand Muhammad Sobir xal- FA oilasida tug’ilgan. Ajdodlari asli qashqarlik bo’lgan. 10 yoshlarida ota-ona- si b-n Mingtepa (hoz. Andijon viloyati Marhamash tumani hududi) yaqinidagi Tojik qishlog’iga ko’chib kelishgan. M.x.S.o’. mustaqil o’qib, Islom ilmini, Arab va fors tillarini o’rgangan. 1876 y.da akasi Muhammadsoqi b-n Poytug’da yashovchi nufuzli ulamo Sulton- xon to’ra eshon xizmatiga kirib, uning eng yaqin shogirdiga aylangan. Paxsakash- lik va DUK (yik)chilik b-n shug’ullangan, tabiblik ham qilgan. 1886-88 y.larda u Makkaga borib, haj amalini bajargan. Turkiy tilde «Ibrat ulg’ofiliyn» («g’ofillar uchun ibrat kitobi») asarini yozgan. Asar pandnasihat tarzida bo’lib, tasavvuf g’oyalari targ’ib qilingan. M.x.S.o’. Asaka, Shahrixon, Marg’ilon, O’sh aholisi, xususan, chorvador qavmlar o’rtasida obro’-e’tiborli bo’lgan. Bu vaqtda uning minglab muridlari bor edi. 1879 y.da u turk sultoni Abdulhamid II ga maktub yozib, Farg’ona vodiysida Ros- siya imperiyasi yuritgan mustamlakachi- lik siyosatini qoralaydi va diplomatic yo’llar orqali Rossiya imperatori Niko- lay II ga ta’sir qilishini so’raydi. Bu davrda ulkadagi mustamlakachilik siyosati tufayli keng mehnatkashlar om- masi g’oyat qashshoqlashibgina qolmay, milliy va diniy qadriyatlar ham oyoq osti qilina boshlangan edi. Mahalliy aholi huquqsizlik, zulm va zo’ravonliqsan azob chekardi. Xalq noroziligining Ji- lovlab bo’lmaydigan darajada kuchayib ketganligini ko’rgan M.x.S.o’. Farg’ona viloyatining turli bo’lislaridan kelgan vakillar b-n kengash o’tkazib, bir vaqtda qo’zg’olon ko’tarishga chaqirdi. Qo’zg’olon 1898 y. 17 mayda Andijon harbiy la- geriga hujum qilishdan boshlandi. Le- kin boshqa joyga uncha yoyilmay, tezda mag’lubiyatga uchradi. 19 mayda kechqurun M.x.S.o’. qo’lga oli- nib, 5 ta yaqin safdoshi b-n Andijonda dorga osilgan. Uning oila a’zolari (onasi, xotinlari, farzandlari, Ji- yani Musulmonqul va b.) Penzaga sur-gun qilingan. Eshonning mol-mulki, jum- ladan 755 ta Nodir qo’lyozma kitoblari musodara qilingan. Mingtepa qishlog’i to’plardan o’qqa tutilib, o’rnida rus mu – jiklari uchun Russkoe selo qasabasi (po- syolkasi) qurilgan. Andijon qo’zg’oloni mustamlakachi- lik zulmiga qarshi bo’lsa ham, M.x.S.o’. boshchiligidagi qo’zg’olonchilar diniy g’oyalar (jihod va g’azovot) b-n maydonga chiqishgan edi.