MUHANDISLIK QO’SHINLARI

MUHANDISLIK QO’SHINLARI barcha qo’shin turlarining Jango- var harakatlariga yordam beradigan muhandislik inshootlari va vositala- rini barpo etuvchi maxsus qo’shinlar. Dastlab Frantsiyada 17-a.da, Rossiya- da 18-a. boshida paydo bo’lgan. Zamo- naviy qo’shinlarda M.q. muhandislik sapyorlik (sapyor), muhandislik-yo’l, ponton-ko’prik quruvchi, muhandis- quruvchilik, kechib o’tuvchidesant va b. birlashma, qism va bo’linmalardan tar- kib topgan. Hozirda M.q. quruklikdagi qo’shinlarning jangovar harakatlarini osonlashtiradi, mudofaa inshootlari quradi, hujum operasiyalarini ta’min- laydi va kechuv vositalari tayyorlaydi. Dushman istehkomlarini aniqlab, ular- ni yakson kilishga yordam beradi. Mudo- FAA joylarining ihotasini, dushman aviasi-yasi va artilleriyasi o’tidan yashi- rinadigan joylarni mustahkamlash, ko- manda va kuzatuv punktlari uchun insho- otlar qurish, armiyani suv va energiya b-n ta’minlash, minalar qo’yish va joylar- ni minadan tozalash ishlarini ba- jaradi; harbiy aerodromlar quradi va h.k. M.q. tomonidan ko’riladigan muhandislik tadbirlari qo’shinlarning jang maydonida keng masshtab bo’ylab harakat qilishini ta’minlashga va ularni ommaviy qirg’in qurollaridan himoya kilishga qaratilgan. O’zbekiston Qurolli Kuchlarida ham bor.