MULK

MULK – birorta narsaga, mulkka egalik qilish; ega bo’lish; mulk, mol-mulk, ko’chmas mulk. Mulkchilik kishilar o’rtasida ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsulini o’zlashtirish yuzasidan paydo bo’ lgan mulkiy munosabatlardir. Mulkning obyekti fuqaro yaratgan moddiy va madaniy boyliklar, tabiat boyliklari, intellektual mehnat mahsuli va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Jamiyatda mulk turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: xususiy, jamoa, davlat, aralash mulk va hokazo.