Mulk huquqi

Mulk huquqi — moddiy Ne’- matlarning konkret shaxslarga te- gishliligi (o’zlashtirilganligi)ni mustahkamlovchi, tartibga soluvchi va muxr-faza qiluvchi normalar yig’indisi; fuqarolik huquqining asosiy tarti-bot- laridan biri. O’zbekiston Respublikasi FKxa ko’ra, M.h. shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi b-n va o’z manfa- atlarini ko’zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu- ningdek, o’zining M.hni, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat. O’zR kon-stitusiyasining 36moddasiga binoan, «har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli». O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat barcha mulk shaklla- rining teng huquqliligini va xuquqiy jihatdan babbaravar muhofaza etili- shini kafolatlaydi. «O’zbekiston Res- publikasida mulkchilik to’g’risida»gi qonun (1990 y. 31 okt.) asosida bozor munosabatlarining tashkil topishi uchun iqtisodiy manba hisoblangan Xu- susiy mulkchilikka yo’l ochildi. Xususiy mulkchilikning rivojlanishida «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylash- tirish to’g’risida»gi qonun (1991 y. 19 noyab.) muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonunga asosan sho’rolar davridagi dav- lat mulkining hukmronlik qilishiga barham berildi, xususiy mulkning tashkil topishi uchun imkoniyat yaratil- Di. O’zRning amaldagi Fqsa mulkni o’tmishda sosialistik jamiyatning sin- Flarga bo’linishiga asoslanib (davlat, kolxozkooperativ, shaxsiy) shakllarga ajratilishiga va qaysi shaklda, kimga tegishliligiga qarab o’rnatilgan teng- sizlikka barham berildi. Sho’rolar davrida mulk egalarining huquklari te- gishli qoidalarda, shuningdek, amaliyot- da ham doimo cheklanib kelingan. Endi- likda mulk egasiga tegishli bo’lgan mol- mulkni turli sabablar va xar xil yo’l b-n davlat idoralari va mansabdor shaxslar tomonidan olib qo’yilishi, mulkdan er- kin foydalanish uchun to’sqinliklar vujudga keltirilishi g’ayriqonuniy hisoblanadi. M.q. muddatsizdir. Mulk egasi o’z mulkidan abadiy foydalanish, uni xoxlagan vaqtida tasarruf etish huquqiga ega. Ushbu qoidaning mantiqiy davomi sifatida FKning 166moddasi- da mulkning daxlsizligi va qonun b-n muhofaza qilinishi belgilab qo’yilgan. Hojiakbar Rahmonqulov.