Munis Xorazmiy

Munis Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avaz- biy o’g’li) (1778— Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’i — 1829) — shoir, tarixna- vis, tarjimon, xattot va ma’rifatpar- var. Dastlabki ma’lumotni tug’ilgan qishlog’ida olgan, keyinchalik Xiva ma- drasalarida o’qigan. 1800 y.da otasi va- FOT etgach, Avaz Muhammad inoq M.ni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan. M. zamonasining mashxur olim, shoir va san’atkorlari b-n yaqin aloqada bo’lib, bilimi, salohiyati va kuch- quvvatini she’riyatga, ilm-fan va ma’ri- fatga bag’ishlagan. M. 1804 y.dabirinchi she’rlar devoni — «Devoni Munis»ni yaratgan. 1806 y.da Eltuzarxon M.ga Xiva xonligi haqida kitob yozishni topshir- gan. M. o’z asarini Sherg’ozixon davriga- cha yozib etkazganda, Eltuzarxon fojiali halok bo’ladi. M. kitobini davom etti- radi va 1819 y.da Mirxondning «Ravzat ussafo» («soflik bogi») tarixiy asari- ni turkiy tilga tarjima qilishni bosh- laydi. M. bu asarning 1jildini tarji- ma qilishga ulguradi. U bu ikki asarni ham tugata olmay vafot etadi. Uning «Firdavs ul-Iqbol» («baxtlar bogi») asarini va «Ravzat ussafo» tarjimasi- ni shogirdi Ogahiy nihoyasiga etkazadi. M.ning «Firdavs ul-Iqbol» asari uzok, davrni kamrab olgan bo’lib, Markaziy Osiyo, ayniqsa, Xiva xonligi tarixini o’rganishda qimmatli manbadir. Asarda Xorazmning qad. davri b-n bir qatorda, Xiva xonligining 1825 . y.gacha bo’lgan siyosiy tarixi bayon etilgan, tojtaxt, boylik uchun olib borilgan kurash- lar va, shuningdek, Xiva xonlarining qo’shni turkman va qoraqalpoq xalqlari b-n bo’lgan mu-nosabatlari haqida ham ko’plab ma’lumotlar keltirilgan. Asar muqaddima, 5 bob va xotimadan iborat. 1-bobda odam Atodan to Nuh payg’ambar avlodigacha bo’lgan qodisalar yoritilgan. 2-bobda Yofasdan Qo’ng’irot sho»basigacha bo’lgan mo’g’ul hukmdorlari davri xususida fikr yuritilgan. 3-bobda Kurlos avlodiga mansub pod-shoxlar dav- rida sodir bo’lgan voqealar to’g’risida yozilgan. 4-bobda Eltuzarxonning ota-bo- bolari xayoti tasvirlangan. 5-bobda el- tuzarxonning tug’ilishidan bu asarning yozilib tamom bo’lishiga qadar bo’lgan voqealar xususida qalam tebratilgan. Xotima esa olimlar, avliyo, Amir, bek, shoir, hunarmandlar xaqida ma’lumot- larni o’z ichiga oladi. M. o’z davridagi sug’orish inshootlari va ersuv munosabatlariga doir «arna- lar» (arna-anhor, kanal) nomli risola ham yozgan. Bu risola 18-a. oxiri va 19- a. boshlaridagi dexdonchilik b-n bog’liq, ijtimoiy munosabatlarni o’rganishda ahamiyatli. M.ning asosiy adabiy mero- si — 1815-20 y.larda tuzilgan «Munis ul-ushshoq» («Oshiklar do’sti») devoni g’azal, muxammas, kasida, ruboiy, qit’a va b. janrlardan iborat bo’lib, 20000 dan ziyod misrani o’z ichiga olgan. U xattotlar tomonidan qaytaqayta ko’chirilib, 1880 y.da Xiva toshbosmasida nashr etilgan. M. Navoiyning «mezon ul-avzon», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asar- larini kitobat qilgan (1794, 1797). Ayniqsa, «mezon ul-avzon»ni oldingi ayrim xattotlar yo’l qo’ygan xatolarni tuzatib, savodli ko’chirgan. Bu uning aruz ilmining xos bilimdoni ekanligidan ham dalolat beradi. M.ning savod chiqarishni engillatish va xusnixat san’atini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan «savodi ta’- lim» (1804) she’riy risolasi ham bor. Devonlarining bir necha qo’lyozma nus- xalari O’zbekiston FA Sharq-shunoslik in-ti Sharq qo’lyozma asarlari fondida saqlanadi. As: tanlangan asarlar, T., 1957. Ad.: Yunusov M., Munis Xorazmiy, T.. 1953; Karimov G’., O’zbek adabiyoti tari- XI, 3kitob, T., 1966; Ma’naviyat yulduzla- ri, T., 2001. Nusratullo Jumaev.