Muqaddas kitoblar
Muqaddas kitoblar, ilohiy kitoblar — muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Buddizmda Tripitaka, hinduiylikda vedalar va Upanishadlar, xristian- likda Bibliya, yahudiylikda Tavropg, Islomda Qur’on shunday kitoblardan hisoblanadi. Islom dini ta’limotiga ko’ra, Alloh o’tgan pay-g’ambarlarning ba’zilariga sahifalar, ba’zilariga esa kitoblar nozil qilgan. Ular 100 sahifa va 4 kitobdan iborat. 100 sahifadan 10 sahifani odam (as) ga, 50 sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sa- hifani Ibrohim (as)ga yuborgan. Muso (as)ga Tavrotni, Dovud (as)ga Zaburnn, Iso (as)ga Injilnn va Muhammad (sa-v) ga Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa M.k. va sahifalar bir yo’la bir daf’ada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on Jabroil orqali 23 y. mobaynida oyat-oyat, surasura sha- klida yuborilgan. Diniy aqidaga ko’ra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir paygambarga uning ummatlariga munosib hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular o’z davrida ummat- lar uchun hidoyat manbai bo’lgan. Islom ta’limoti bo’yicha, Qur’-on Allohning qiyomatgacha hukmi o’zgarmaydigan, til- larda va dillarda saqlanib qoladigan oxirgi kitobidir. Abdulaziz Mansur.