Muqarnas

Muqarnas (Arab.) — me’moriy bezak turi; ravokli kosa (uya)chalar- ning ustma-ust joylashishidan xrsil bo’ladigan murakkab shakl. Me’morlikda asosi 4,6,8 burchak bo’lgan mexrob, tax- mon, tokcha va b.ning tepa qismini gum- baz, yarim gumbaz ko’rinishiga keltirish- da, binolar devori b-n shifti oralig’i, ustunlar boshasch va b.ni bezatishda keng qo’llaniladi. Dastlab sodda shaklga ega bo’lgan, keyinroq murakkab ko’rinishga kirgan hamda bezak maqsadlarida ishla- tila boshlangan. M. ishlanadigan joyi- ga qarab har xil murakkablikda bo’ladi. Egri sirtga ega bo’lgan ravoqchalarning uchlari oldinga chiqarilib, yuqori qator uchun tayanch xrsil qilinadi. Tarvda bu ravoqchalar ko’pincha teng tomonli uchburchakni beradi, 2 va undan ortiq ravoqchalar turli burchaklar ostida o’zaro birikib kosachalar hosil qiladi. M.ning pastdan ko’rinishi va chizma- si girihga o’xshaganligidan uni hajmi girih (girihning cho’zilgani) deb ham ataladi. Girih qatiy qonunga asoslan- ganligi uchun taqsim asosini tashkil etgan yulduzlar va b. handasiy shakllar- ni naqqosh o’z ixtiyori b-n o’zgartira ol- maydi; mujassamotni teng bo’laklarga bo’lib, shundan bir bo’lagiga takror- la-nuvchi nusxa (taqsim) chizadi. Keng ma’-noda M. shakli jihatidan bir necha ko’rinishga ega: sharafa, M. (tor ma’ – nodagi), kalla M. va iroqi M. Sharafa ravokli kosachalar qatorlari gorizon- tal yo’nalish bo’yicha takrorlanishidan hosil bo’ladi. Tor ma’nodagi M.ning o’zi ikki ko’rinishga ega: ravokli kosa- chalar qatorlari vertikal o’q atrofida ichkariga qaratib 180° (peshtoq, tokcha va b. da) va 360° (gumbazda) aylantirilishi natijasida hosil qilinadi. Sharafa- lar qatorlari b-n gumbaz va yarim gum- baz qatorlari o’rtasida farq bor, ya’ni sharafada kosachalar qatori o’zgarmaydi, gumbaz va yarim gumbaz qatorlarida ko- sachalar o’lchamlari o’zgarmagan holda kosachalar soni pastdan yuqoriga tomon kamayib boradi. Kosachalar qatorlari tashqi tomonga qaratib vertikal o’q atro- fida 360° aylantirilishi natijasida kalla M. (bosha) hosil qilinadi. M.ning eng murakkab turi — iroqi M.; M.ning boshqa turlarida ravokli kosachalar to- monlari vertikal (tik) tarzda shakllan- sa, iroqi M.da qiya bo’lgan holda shak- llanadi. Iroqi M. nisbatan keyinroq 16-17-a.larda tarqalgan. O’zbekiston hududida M. ilk bor Tim qishlog’idagi Arab ota maqbarasi (997 y.)da qo’llanilgan. G’iyosiddin Ko- shiy «Muftahul qisob» asari (15-a.) da M.ni aniq va Ravshan ta’riflagan; uning so’zicha, M. «uya(kosacha)lar pog’ona (qator) laridan tashkil topgan yopma- dir…, u adla’ (ya’ni qirra)lardan hosil bo’ladi…». Bu b-n Koshiy M.ning ikki asosiy alomati — qirra (ravoqcha)lar va pog’ona (qator)larini ko’rsatib ber- gan. M. Temuriylar davri me’morligida keng qo’llanilgan. Buxorodagi Mir Arab, Abdulazizxon, Samarqanddagi Ulug’bek madrasalarida, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda ansambli va b.da M.ning ajoyib namunalari yaratilgan. M. zamonaviy binolar me’morligida ham qo’llanadi. Mas, Toshkent kuranti, Navoiy meampu va b. binolarda M.dan foydalanilgan. Toshkentdagi Xotira maydonidagi kalla M., Alisher Navo- iy, Shahidlar xotirasi xiyo-bonlari- dagi gumbazlar ostidagi sharafalar, Samarqanddagi Imom Buxoriy me’moriy majmui va b. ko’p binolarda M. an’ana- lari davom ettirilmoqda. Xayrulla Po’latov, Shuhrat Reyemba- eV.