Murodov Nu’mon

Murodov Nu’mon (1915.5.5 — Andi-jon — 1988.13.9) — O’zbekiston xalq artisti (1970). Ijodiy faoliya- tini havaskorlik teatr jamoalarida boshlagan. 1934-88 y.lar Andijon teatrida aktyor (1949-52 y.lar direk- tor). M.ning aktyorlik san’ati A. Ma- natov va A. Bakirov ijodi ta’sirida shakllandi. Qahramonlarning ichki ke- chinmalari va tuyg’ularini tabiiy va haroratli ifoda etish, obrazning ko’p qirraliligini yorqin aks ettirish M. ijodiga xos. Alisher Navoiy («Alisher Navoiy»), Qorabotir («Tohir va Zuhra»), Yusuf («Xolisxon»), Yarovoy («Lyubov Yarovaya»), Murodov («Iroda»), Bahodir («Bahodir»), Tibalt («Romeo va Jul- etta»), Husayn Boyqaro («Alisher na- voiy»), shahar hokimi («Revizor»), Karl Moor («Qaroqchilar»), Ezop («Ezop») kabi obrazlarida aktyor ma-horati na- moyon bo’lgan.