Murodov Ro’zimbek

Murodov Ro’zimbek (1928.21.3, To’rtko’l tumani) — baxshi, Uzbekiston xalq artisti (1989). Doston yo’llarini bobosi Amin baxshi va otasi Murod baxshilardan o’rgangan. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). O’zbekiston radio va televideniesi- dagi o’zbek xalq cholg’ulari orkestrida dirijyor (1957-65), Toshkent musiqa bi- lim yurtida (1952-92), Abdulla krdi- riy nomidagi madaniyat in-tida (2001 y.dan) pedagog. M. Xorazm dostonchilik san’ati an’analarini eroniy va shir- voniy uslublarini omuxta yo’nalishida o’ziga xos ovoz b-n ijro etadi. So’z ay- tishi burro, yuqori nutq san’ati b-n tinglovchini tezda o’ziga jalb qila ola- Di. Repertuaridan 20 dan ortiq Doston o’rin olgan: «oshiq g’arib va Shohsanam», «Go’ro’g’li», «Najab o’g’lon», «xirmon Dali», «Sayodxon Hamro», «Maxtumquli», «Payg’ambar Ibroxim Xalilulloh», «Fi-Doiy» (E. Oxunova b-n birgalikda) va b. «Ona shabrim Toshkentim», «san’at sa- odatimdir», «mudom orzu aylab» kabi qo’shiqlarga musiqa yozgan.