Mursak, murassa
Mursak, murassa (Arab. — ziy- natlangan, bezatilgan) — avra-astarli, uzun engli, qad. ustki kiyim. Bichig’i to’g’ri bichimli, to’n yoqali, oldi chuqurroq o’yilgan, etak barlari bir-biriga kir- gan, ikki yon tomonida mayda burmalar- ga yig’ilgan. M. chetlari jiyaklar b-n hoshiyalangan. M. Baxmal, parcha, kimxob, adras, shoyi (astari shoyi, ip matolar) dan tayyorlangan. M.ning ichiga yupqa pax- ta solib qavilgan (qishki) hamda yalang qavatli (avra-astardan iborat yozgi) tur- lari bor. Sharq xalqdari orasida keng tarqalgan, hatto qizlarning sepiga ki- ritilgan. Ko’ylakning ustidan kiyilgan, beliga belbog’bog’langan. 19-a. gacha ayol- lar uchun ustki kiyim va yopinchiq vazi- fasini bajargan, keyinchalik to’y va aza- larda foydalanilgan. Hozirda ayollar- ning tobuti ustiga yopiladigan yopinchiq sifatidagina ishlatiladi.