Musaddas

Musaddas (Arab. — oltilik) — har bandi 6 misradan tuzilgan musam- mat xillaridan biri. Aruzningturli vaznlarida, turli mavzularda yozila- Di, a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-a… yoxud takror, Tarje misralari, baytlari bo’lsa — a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v- v-v-a; a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-a-a tarzida qofiyalanib keladi. M.da ham musammatlarning boshqa xillaridagi kabi shoir yoxud ikki shoir taxallusi keltiriladi. Shu taxalluslarga qarab M. she’r mustaqil yoki tazmin usulida yara- tilganligi aniqlanib olinadi. Birinchi usulda shoir o’zining mieralaridan ibo- rat oltiliklar yaratadi. U she’riy devon, majmua va bayozlarda ba’zan «tab’i xud (o’zining) M.»izohi b-n berilgan. Ik- kinchi usulda esa shoir o’ziga yoqqan ustoz yoki zamondosh shoir yoxud o’z g’azalidan tanlab, shu g’azal baytlari oldidan unga to’rt-to’rt yangi mieralar qo’shib, g’azal baytlarini oltiliklarga aylantirgan- lar. 17-20-a.larda yashab ijod etgan sho- irlardan Mashrab, Nishotiy, Uvaysiy, Munis, Huvaydo, Amiriy, Ogahiy, Nodi- ra, Furqat, Avaz, Sidqiy Xondayliqiy, Tabibiy, Kamiy va b. M.lar yozishgan. O’zbek she’riyatidagi M.lar orasida, ayniqsa, Furqat qalamiga mansub «say- ding qo’yaber, Sayyod», «etmadim», «uch xarobotiy» M.lari davr ruxining ifo- dalanishi, ijtimoiy mazmunining chu- kurligi, poetik jihatlarining o’ziga xosligi b-n ajralib turadi.