«MUSULMON BIRODARLAR»

«MUSULMON BIRODARLAR» («al-Ixvon al-muslimun») — diniy – si- yosiytashkilot. 1928 y. Misrning Ismo- Iliya sh.da tuzilgan. Asoschisi — Shayx Hasan al-Banno (1906-49). Uning siyo- siy qarashlari Muhammad al-G’azoliy, Muhammad Abdu, Jamoliddin al- Afg’oniy, Rashid Rizo kabi panislomiy modernistlarning ta’sirida shakllan- gan. U Islomning sunniylik oqimi ta’limotidan chetga chiqmagan holda «jihod», «Islomiy milliyatchilik», «is- Lomiy davlat»kontsepsiyalarini ishlab chikdi. Sayyid qutb, Mustafo as-Siboi tashkilotning tanikli mafkurachila- ri bo’lgan. Sayyid Qutbning «Islomda ijtimoiy adolat» asari uyushma ta’li- motining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Tashkilotning maqsadi Musul- mon o’lkalarda «Islomiy adolat» tamoy- illariga asoslangan jamiyat barpo etish- dan iborat. Bunga esa «Islomiy taraqqiyot yo’li» b-ngina erishish mumkin. «M.b.» mafkurasining g’oyaviy asosini «Islom faqatgina diniy e’tiqod bo’lmasdan, balki mukammal dunyoqarash hamda ij- timoiy tuzumdir», degan aqida tash- kil etadi. «M.b.»murakkab tuzilmali, harbiylashgan bo’limlarni o’z ichiga ol- gan. Misrdan boshqa mamlakatlar (Suriya va Livan)da ham bo’limlari bor. Uning faoliyati keng ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan bo’lsada, tashkilot a’zola- ri talaba-yoshlarni o’zlarining asosiy Zarbdor kuchi deb hisoblaganlar. «M.b.» xayr-ehson qilish va ma’rifatchilik FA- oliyatidan (1928-36) to siyosiy hayotda terror metodini keng qo’llashda faol ishtirok etishgacha bo’lgan murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. 1930-y. larning o’rtalaridan xalifalik sha- klidagi «Islomiy davlat» qurish g’oyasi targ’ibotiga zo’r bera boshladi. Hasan al- Banno vafotidan so’ng «M.b.»faoliyati yanada siyosiylashib bordi. Natijada u 3 yo’nalishga bo’linib ketdi: «mo»tadil birodarlar» (asosan, Hasan al-Banno va Sayyid qutb izdoshlari); «Islomiy demokratlar» «Islomiy sosializm» ta’limotining turli kurinishlari ta- rafdorlari; xarbiylashgan ekstremi- stik Islomiy tashkilotlar («Katoib Muhammad», «Junud Alloh», «at-takfir va-l-Hijra», «at-tahrir al-Islomiy»). «Xizb uttaqrir al-Islomiy» diniy- siyosiy partiyasi xam shular jumlasiga kiradi. «M.b.»uyushmasi bo’linishi tu- fayli yagona tashkilot sifatini yo’qotdi va 1950-y.lardan «M.b.»harakati («al- Ixvoniyya») deb yuritila boshladi. Shu davrdan boshlab «M.b.»harakati eks- tremistik faoliyati uchun faqat Misrda emas, balki boshqa davlatlarda ham g’ayri qonuniy deb e’lon qilinib man etilgan. «M.b.»harakati Misr, Suriya, Iordaniya va Livanda faoliyat ko’rsatib, bu mam- lakatlardagi siyosiy jarayonlarga katta salbiy ta’sir qilmoqda. «M.b.»ning birinchi jur. «al-Ixvon al-muslimun» 1933 y.dan chiqa boshlagan. 1980-y.lar- dan boshlab «ad-da’va» («da’vat») jur. «M.b.»ning asosiy nashridir. Ad.: Miloslavskaya T. P., Deyatel- nost «Bratev-musulman» v stranax Vostoka, M., 1982; Korovikov F. V., Is- lamskiy ekstremizm v arabskix stranax, M., 1990; Borisov A. B., Rol islama vo vnutrenney i vneshney politike Egipta. XX vek, M., 1991; Husniddinov 3., Is- lom: yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000. Zohidillo Munavvarov.