Muzey-qo’riqxona
Muzey-qo’riqxona – tabiiy tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni saqlovchi ilmiytadqiqiy va madaniy- ma’rifiy muassasa; tarkibiga Ekspozitsiyadan tashqari qo’riqxona hududida joylashgan me’moriy, tarixiy va boshqa yodgorliklar ham kiradigan muzeylar. Muzey-qo’riqxonaning tarixiy-badiiy, tarixiy-me’morlik, tarixiy-madaniy, harbiy-tarixiy, shuningdek kompleks (majmua) turlari bor.