Muztog’ota
Muztog’ota — Qashqar tog’ tizmasidagi gumbazsimon cho’qqi (7555 metr), Xitoyning g’arbiy qismida. Gneys va kristalli slaneslardan tarkib topgan. Qalin muz qatlami bilan qoplangan (nomi shundan). Firn qoplami muzliklarni (uzunligi 16 kilometrgacha) ta’minlab turadi. Cho’qqiga chiqish juda qiyin.