Myunxen bitimi
Myunxen bitimi – Buyuk Britaniya bosh vaziri N. Chemberlen, Frantsiya bosh vaziri E. Dalade, Germaniyaning fashist diktatori A. Gitler va Italiyaning fashist diktatori B. Mussolini tomonidan 1938 yil 29-30 sentabrda imzolangan bitim. Sudet viloyatini Chexoslovakiyadan ajratib olib Germaniyaga berishni, shuningdek, Vengriya va Polsha hukumatlarining Chexoslovakiyaga nisbatan bo’lgan hududiy da’volarini qondirishni nazarda tutgan. Bu bitim 2-jahon urushining ochilishiga imkoniyat yaratdi.