Myuoniy
Myuoniy — musbat zaryadi myuon t+ va elektron e~dan tashkil topgan zarra. Qisqacha t+ e~ yoki Mi bilan belgilanadi. 1957 yilda L. D. Landau va A. Salom Myuoniy mavjudligini faraz tarzida aytishgan. Myuoniy tuzilishi vodorod atomi tuzilishiga o’xshash, bunda proton o’rnida t+bo’ladi. Myuoniy t+ning moddada tormozlanishidan hosil bo’ladi, bu vaqtda m+ atom elektron qobig’idagi elektronlar bilan qo’shilib, musbat ion hosil qiladi. Masalan, ts++Xe—>|x+e~+Xe+. Yashash davri t=2,2’10~6 s; (i+ va e~ lar xususiy magnit momentlariga ega. Ularning spinlari bir-biriga parallel yoki Antiparallel bo’lib, energiyalari~2-10~5AV ga farq qiladi va shu tufayli qo’shilishda 4463,16 MGs chastotali elektromagnit to’lqin chiqaradi. Myuoniyni vodorodning yengil izotopi deb qarab, atomar vodorodning har xil moddalar bilan kimyoviy reaktsiyasi tezligini aniqlash mumkin.