N

N — o’zbek kirill alifbosining o’n beshinchi harfi; til oldi, burun, sonor, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So’z boshi (nay, novda, non), o’rtasi (anor, g’uncha, qanot) va oxiri (bog’bon, o’tin, tugun) da kela oladi. N tovushi ayrim so’zlarda, so’z birikmalari orasida b tovushi oldidan talaffuz qilinganda, m tovushiga aylanadi (tanba > tamba, manba > mamba, Sunbula > sumbula, o’n besh > o’m besh), lekin bu hodisa imloda aks etmaydi. N tovushi sof O’zbekcha so’zlarda so’z boshida uchramaydi. N harfi g harfi bilan birga, n+g tarzida til orqa, burun, portlovchi, jarangli un- dosh tovushni ifodalaydi; bu tovush so’z o’rtasi (singil, dengiz, tingla) va oxiri (ong, teng, do’ng) dagina keladi. N harfi Avesto, O’rxun-Enisey, So’g’d, turkiy (uyg’ur) yozuvlarida, shuningdek, Arab va lotin alifbolari asosidagi o’zbek yozuvida o’ziga xos ko’rinishlarga ega.