Narayan Pritxvi
Narayan Pritxvi (1723-75) — Nepal qiroli (1769 yildan). G’arbiy Nepalda 1742-69 yillar mobaynida Gorkxva knyazligini idora etgan. 1743-69 yillarda Katmandu vodiysidagi Kantipur, Bhantapur, Lamitaur, Banspur yerlarini, so’ngra Kirat, Morang hamda shimoliy Nepalga qarashli ilam yerlarini o’ziga bo’ysundirgan. 1769 yil poytaxtni Kat-Mandu shahriga ko’chirgan va u yerda yagona nepal qirolligiga asos solgan.