Narkobiznes

Narkobiznes (Yunoncha pagke biznes) narkotik moddalarni olish va sotish bilan shug’ullanadigan jinoiy uyushma faoliyati. Narkobiznesdan katta foyda ko’rayotgan turli guruh va shaxslar faoliyati xalqaro konventsiyalar, alohida mamlakatlarning qonunlari bilan man etilgan. Shunga qaramay 20-asr oxiri va 21-asr boshida bunday faoliyat avj oldi. Narkobiznes keltirib chiqarayotgan global oqibatlar insoniyatga xavf sola boshladi. Shu bois BMT doirasidagi hamda turli mintaqaviy uchrashuvlarda Narkobiznesga qarshi kurashda xalqaro jamoatchilik kuch-g’ayratini birlashtirish ta’kidlab kelinadi.