Narval

Narval (Monodon monoceros) — delfinlar oilasiga mansub dengiz sut emizuvchisi. Shu urug’ning yagona turi. Uzunligi 6,1 metr, vazni 1 — 1,5 tonnagacha. Boshi yumaloq. Terisining rangi oqish, qora dog’lari bor. Erkaklari, ba’zan urg’ochilarining yuqori jag’i chap tomonida 3 metrgacha uzunlikda bitta tishi rivojlanadi (shuning uchun ba’zan «bir shoxli» deb ataladi). Bu tishi yordamida zarur bo’lganida muzni teshishi mumkin. Tishlari bo’lmaydi. Arktikada yashaydi. Ba’zan Yangi Yer, Frans-Iosif yeri va Chukot dengizida ham uchraydi. Boshoyoqli mollyuskalar va baliklar bilan oziklanadi. Rossiya Qizil kitobiga kiritilgan.