NARX

NARX – tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo’lishi mumkin, bu esa bozordagi o’sha tovarga bo’lgan talab va uning taklifiga bog’liq bo’ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o’rnini bosa olishi muomaladagi pulning xarid quwatiga ham bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin narxning quyidagi turlari mavjud bo’ladi: chakana, ulgurji, xalqaro, auksion, kelishuv, davlat belgilagan yoki davlat boshqarib turadigan narxlar.