Nasr
Nasr — 1) shashmaqom majmuasidagi maqomlarning ashula bo’limi. Nasr har bir maqomda mushkilot bo’limidan keyin joylashgan bo’lib, o’z navbatida, sho’balarning 2 katta guruhidan tashkil topadi. Birinchi guruh Saraxbor, talqin, Nasr (o’z taronalari bilan) hamda yakunlovchi Ufar qismini (Suporishi bilan), ikkinchisi esa, asosan, Savt va Mo’g’ulcha va sho’balarini o’z ichiga qamrab oladi; 2) shashmaqom majmuasidagi maqomlarning ashula bo’limida 1-guruhni tashkil etuvchi sho»balardan biri. Nasr Saraxbor va talqin sho’balaridan keyin kelib, so’ngra ufarga ulanadi. Shashmaqomda Nasr yo’lida bastalangan jami 14 namuna mavjud. Ular Buzruk maqomida — Nasri Uzzol, Nasrulloyi, rostda — Nasri Ushshoq, Navro’zi Sabo, Navo maqomida — Nasri bast, orazi Navo, Xusayniyi Navo, Dugoxda — Nasri Chorgoh, Orazi Dugoh, Husayniyi Dugoh, Segoh maqomida — Nasri Segoh, Navro’zi Xoro, Navro’zi Ajam, Iroqda — Muxayyari Iroq deb nomlanadi. Nasr yo’lida bastalangan asarlar Xorazm maqomlari, Farg’ona—Toshkent maqom turkumlarida ham asosiy o’rinlardan birini egallaydi. O’tmishda Nasr ashula yo’llarini mufassal ijro etuvchi hofizlarni «nasrchi» deb yuritilgan. Ravshan Yunusov.