Neyrofiziologiya
Neyrofiziologiya – fiziologiyaning bir bo’limi. Nerv sistemasi reflektor printsipda ishlashi haqidagi tasavvur 17-asrda frantsuz fiziologi R. Dekart, 18-asrda Chex fiziologi Y. Proxaska tomonidan ilgari surilgan. Biroq Neyrofiziologiya fan sifatida 19-asrning 1-yarmidan, nerv sistemasi tajriba usullari bilan o’rganila boshlangandan so’ng shakllandi. 19-asr boshlarida Shotlandiya Anatomi va fiziologi Ch. Bell (1811) hamda Fransuz fiziologi F. Majandi (1822) bir-biridan bexabar orqa miyaning orqa ildizi kesilgandan so’ng sezgi, oldingisi kesilgandan keyin harakat yo’qolishini anikladi. Shundan so’ng u yoki bu funktsiya nerv sistemasining kaerida joylashganligini aniklash uchun miyaning turli tuzilmalarini kesish, keyinchalik ularga sun’iy yo’l bilan ta’sir etish usulidan keng foydalanildi. I. M. Sechenov (1863) tomonidan Markaziy tormozlanish, ya’ni nerv sistemasining ma’lum Markazi ta’sirlanishidan uning faol qolati — qo’zg’alishini emas, balki so’nishini vujudga keltiradigan hodisaning kashf etilishi Neyrofiziologiya rivojida muhim bosqich bo’ldi. Markaziy nerv sistemasi funktsiyasini o’rganishda N. E. Vvedenskiy, V. M. Bexterev, ingliz fiziologi Ch. Sherrington va boshqalarning hissasi katta. Yurak-tomir faoliyati va nafasni boshkarishda bosh miya sopining rolini rus olimlari F. V. Ovsyannikov, N. A. Mislavskiy, shuningdek, frantsuz fiziologi P. Flurans, miyacha rolini Italiya olimi L. Lyuchiani aniqlagan. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’i funktsiyasini eksperimental tekshirishni I. P. Pavlov boshlab berdi, shu bilan birga po’stloqda sodir bo’ladigan nerv jarayonlarini ob’yektiv qayd qilish imkoniyatlarini ko’rsatdi. Rus fiziologi A. A. Uxtomskiy Neyrofiziologiyaga dominanta printsipi haqidagi tushunchani kiritdi. Bioelektr potentsiallarini qayd qilish metodining kashf etilishi va ishlab chiqilishi tufayli Neyrofiziologiyada nerv hujayralari faoliyatini va qo’zg’alish hamda tormozlanish tabiatini o’rganish masalalari ilgari surildi. Hozirgi Neyrofiziologiya oldida nerv sistemasining integrativ faoliyatini o’rganish masalalari turibdi. Bu nerv sistemasini kesish va turli qismlarini olib tashlash, uning elektr potentsiallarini ichki va sirtqi elektrodlar yordamida sinash, nerv strukturasiga elektr va temperatura ta’sir ettirish va b. metodlarga asoslangan. Miya sopi retikulyar formatsiyasining aktivlashtiruvchi hamda tormozlovchi ta’sirini kashf etish va batafsil aniqlash, somatik va visseral funktsiyalarni birlashtirib turadigan oliy markazlardan biri bo’lgan miya limbik sistemasining tavsif etilishi, nerv hamda endokrin sistemaning boshkarilish mexanizmi gipotalamusatsiyasini aniqlash va boshqa kashfiyotlar Neyrofiziologiyaning yutuqlaridandir. Nerv sistemasi faoliyatining hujayra mexanizmini mufassal o’rganishda Mikroelektrod texnika xdmda elektron mikroskopiya yaxshi natija bermoqda. Mikroelektrodlarni neyron ichiga kiritib, turli tipdagi neyronlarda qo’zg’alish va tormozlanish qanday paydo bo’lishi, bu jarayonlarning hujayra ichidagi mexanizmi qay tarzdaligi, bir hujayra aktivligi boshqasiga qanday o’tishi to’g’risida ma’lumotlar olingan. Nerv sistemasi ustida olib boriladigan eksperimentlar asosida ba’zi neyron va nerv turlarining modelini yasash rivojlanmoqda. Zamonaviy Neyrofiziologiya neyrokibernetika, neyrokimyo, neyrobionika kabi fanlar bilan chambarchas bog’langan. Ad.: Babskiy E. B. va boshqalar, Odam fiziologiyasi, T., 1972; Majidov N. M., Troshin V. D., Profilakticheskaya nevrologiya, 1-4 t., T., 1995-98.