NODISKRETSION FISKAL SIYOSAT
NODISKRETSION FISKAL SIYOSAT – iqtisodiy kon’yunkturani o’zgartirish sababli davlat budjeti sarflari va soliqlarning nisbiy darajalaridagi avtomatik o’zgarishlar. Avtomatik deganda shunday iqtisodiy mexanizm tushuniladiki, u iqtisodiy ahvolning o’zgarishiga tezda javob qaytaradi, bunda hukumat hech qanday choralar ko’rmaydi Unga birinchidan soliq tushumlarining o’zgarishi kiradi. Soliqlar miqdori esa daromadlarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotning o’sishi sharoitida, ya’ni iqtisodiyotning ko’tarilishi sharoitida soliq tushumlari avtomatik tarzda oshib boradi, bu esa sotib olish qobiliyatining pasayishi va iqtisodiy o’sishini to’xtatib turadi.