Nok

Nok (Pyrus) — ra’noguldoshlar oilasiga mansub barg to’kuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, mevali daraxt. Yevrosiyoning mo’tadil va subtropik mintaqalari (Sharqiy va kichik Osiyo, Kavkaz, Janubiy Yevropa)da 60 ga yaqin turi uchraydi. O’rta Osiyo, Rossiyaning janubi, uzoq Sharq, Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo’yi, Moldaviyada 40 ga yaqin turi o’sadi. Nok qadimiy madaniy o’simlik. Dastlab Eron va Armanistonda madaniylashtirilgan degan taxminlar bor. Yevropa mamlakatlari, Amerikaning mo’tadil iklimli hududlari (ayniqsa, AQSh)da, Afrika, Avstraliya, Janubiy Sharqiy Osiyoda ko’p ekiladi. Dunyo bo’yicha urug’li mevalilar ichida (ekilgan maydoni jihatidan olmadan keyin) 2-o’rinda turadi. Xitoy, Italiya, AQSh, Ispaniya, Turkiyada nokzorlar ko’p. Nokning madaniy navlari oddiy Nok yoki o’rmon Noki (P. communis), qor Nok (R. nivalis), Buase Nok i (P. boissieriana), Korjinskiy Noki (P. korshinskyi), qumokdi yoki kechki Nok (P. serotina), yc-Suriya Noki (P. ussuriensis) va boshqa turlarga mansub. Nokning oddiy yoki o’rmon Nok turi keng tarqalgan. O’zbekistonda Korjinskiy noki murut, olmurut (R. Korshinskyi Litv.); turkman noki (R. turcmanica Maleg.) tog’yon bag’irlarida yovvoyi qolda o’sadi. Nok daraxti 50-300 yilgacha yashaydi, bo’yi 15-20 metrga yetadi; shox-shabbasi ixcham, piramida shaklida. Nok yorug’sevar, qurg’oqchilikka va sovuqqa o’rtacha chidamli. Nok qumli, sho’rlangan yerlardan boshqa hamma joyda yaxshi o’sadi. Ildizi kam tarmoqli o’q ildiz, asosiy qismi tuproqning 20-80 santimetr qatlamida joylashadi. Barglari tuxumsimon, tuksiz, yashil, yaltiroq, cheti arra tishli. Gullari oq, ba’zan pushti yoki qizil. Mevasi turli shaklda, vazni 25-300 gramm, ba’zan 500— 700 gramm, rangi sariq, yashil, pushti, zarg’aldoq va boshqalar. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, jem, kompot, murabbo qilinadi. Tarkibida o’rtacha 80% suv, 10,4% kand, 0,3% organik kislotalar, 0,03% oshlovchi moddalar, 2,6% kletchatka, 0,4% azotli moddalar, V, S vitaminlari, A provitamini bor. Asalshirali daraxt, ayrim turlari yog’ochidan musiqa asboblari yasaladi. Nok payvandlash yo’li bilan ko’paytiriladi; payvandtag yovvoyi Nok yoki behi urug’larini o’stirib tayyorlanadi. Nokzorlar ikki yillik ko’chatlardan barpo yetiladi. Kuchli payvandtagga ulanganlari 8×6 (7—6×4—2,5) metr, pakana payvandtagga ulanganlari esa 6×4 metr, 3,5×2,5 metr sxemada ekiladi. Ko’pchilik Nok navlari qo’shimcha changlanishni talab etadi. Shu sababli changlovchi navlar aralash ekiladi. Ko’chati o’tqazilgach, 5-6- yili hosilga kiradi, 20— 25-yilda to’liq hosil beradi. Naviga, parvarish qilinishiga qarab hosildorligi 100— 250 ts/ga. Kuzda yoki erta bahorda organik va mineral o’g’itlar bilan o’g’itlanadi, o’suv davrida oziqlantiriladi, sug’oriladi, qator va tup oralari kultivasiya qilinadi. Asosiy navlari: jahon bo’yicha Nokning 5 mingdan ortiq navlari bor. R. R. Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida 20-asrning 50-yillaridan boshlab ko’pgina Nok navlari chiqarilgan va O’zbekistonda 40 ga yaqin mahalliy va selektsiya navlari rayonlashtirilgan. Sanoat bog’dorchiligida yozgi (Vilyame, Lyubimisa klappa va boshqalar), kuzgi (Ra’no, Berebosk, Zuhra, sovg’a, Lesnaya krasavitsa va boshqalar), qishki (Kulala, Dilafro’z, Kyure, Toshkent noki, Olive de serr va boshqa) navlari ekiladi. Zararkunandalari: nok va olma qurti, nok biti, nok kanasi va boshqalar. Kasalliklari — kalmaraz, unshudring, chirish va b. Ad.: Sorta plodovix, subtropicheskix, orexoplodovix Kultur i yagod, T., 1968; Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., O’zbekiston mevachiligi, T., 1967; pomologiya Uzbekistana, T., 1983, Sultan Xolnazarov.