NORMAL
NORMAL (lotincha normalis — to’g’ri) — egri chiziqning biror nuqtasiga o’tkazilgan urinmaga (yoki sirtning urinma tekisligi ga) tik to’g’ri chiziq. Tekislikda G'(x,u) = 0 tenglama bilan berilgan (L) tekis egri chiziqning M(x0, U0) nuqtasidagi nm MN to’g’ri chiziqdan iborat. Fazoviy egri chiziqning har bir nuq-tasidan cheksiz ko’p Normallar o’tadi; ular urinmaga tik bo’lgan Normal tekislikni tashkil qiladi.