NOTA

NOTA (lot. nota – yozma belgi, ogohlantirish) — bir davlatning boshqa bir davlatga rasmiy murojaati. Nota yordamida bir hukumatning huquqi yoki davosi, ikkinchi bir hukumatning noto’g’ri xatti-harakatlaridan noroziligi bayon qilinishi mumkin, shuningdek notalar almashtirish yo’li bilan bitim tuziladi. Boshqa rasmiy diplomatic hujjatlar kabi Nota ham axborot xarakteriga ega bo’ladi.