NOTIJORAT TASHKILOTLAR (NTT)

NOTIJORAT TASHKILOTLAR (NTT) – foyda olishni va uni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo’ymagan muassasalardan iborat. Yuridik va jamoatchi shaxslardan iborat bo‘lib; mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish maqsadida tashkil etiladi. Bu tashkilotlar o’z maqomi (statusi)ga ko’ra ularni tashkil etgan nazoratchi va moliya beruvchi birliklar uchun daromad, foyda yoki boshqa turdagi moliya manfaati manbai bo’la olmaydilar. Masalan: jamoatchilik yoki diniy tashkilotlar, xayriya fondlari va hokazo. Odatda ixtiyoriylik asosida, yagona maqsad bilan ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlami qondirish maqsadida tashkil etiladi.