OCHIQ IQTISODIYOT
OCHIQ IQTISODIYOT – tashqi iqtisodiy bozorda keng savdo-iqtisodiy va moliyaviy aloqalarga ega bo’ lgan iqtisodiyot. Tovar va xizmatlarning eksport importi hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi iqtisodiyot. Ochiq iqtisodiyot modelida tovarlar, xizmat va capital oqimlari milliy chegaralar tashqarisiga chiqib turadi va unda asosiy makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi U=Sh+I+G+NX, bunda U – milliy mahsulot, Sh – shaxsiy iste’mol uchun xarajatlar, I – korxonalarning yalpi investitsiyalari, G – davlatning tovar va xizmatlarni sotib olish bilan bog’liq xarajatlari, NX – sof eksport.