OFERTA

OFERTA -1 . Muayyan ishni amalga oshiradigan shaxsning niyatlari batafsil bayon etilgan taklif bo’lib, u bir yoki bir necha aniq shaxslarga yuboriladi va tomonlar bilan tuzilgan shartnoma o’rnida qabul qilinishi mumkin. 2. Oferta sotuvchining tovar turkumini sotuvchi belgilagan shartlar asosida sotish haqida ehtimol tutilgan xaridorga yo’llangan yozma taklifi. Bunday taklifni yo’llagan shaxs oferent deb nomlanadi. Ofertada quyidagilar ko’rsatiladi: tovar nomi, uning miqdori, narxi, bazis shartlari, idish va o’raladigan narsa xususiyati, tovarni qabul qilib olish-topshirish tartibi, yuridik manzil, imzo. Xalqaro savdoda ikki xil oferta farqlanadi: qat’iy oferta va erkin oferta.