Olaqarg’a

Olaqarg’a (Corvus comix) — chumchuqsimonlar turkumi, qarg’alar oilasiga mansub qush. Gavdasining uzunligi 44-56 santimetr. Olaqarg’aning bosh, ko’krak, dum va qanot patlari, tumshug’i va oyoklari qora, qolgan qismi kulrang. Sharqiy Yevropa, G’arbiy Sibir, Kavkaz, Old Osiyo va O’rta Osiyoda tarqalgan. O’zbekiston hududida bahor, kuz va qish oylarida uchraydi. O’rmon va hiyobonlardagi daraxt va butalarga uya quradi. 4-5 dona tuxum qo’yadi. O’simlik urug’lari, umurtqasizlar va mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. Ba’zan qushlarning tuxumi va bolalarini yeb, tabiatga ziyon keltirishi mumkin.