Omonat sertifikati, depozit sertifikati

Omonat sertifikati, depozit sertifikati — omonat banki yoki boshka kredit muassasasining pul omonatga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjati. U pul belgilangan muddat o’tishi bilan omonatni va u bo’yicha foizlarni talab qilib olish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 2 turda muomalaga chiqariladi: yuridik shaxslarga 1 yilgacha muddatga beriladigan Omonat sertifikati; jismoniy shaxslarga 3 yilgacha muddatga beriladigan Omonat sertifikati. Omonat sertifikatining muomalada bo’lish muddati u berilgan kundan boshlab omonatni talab qilib olish sanasigacha hisoblanadi.