OPSION

OPSION – emissiyaviy qimmatli qog’oz bo’lib, u o’z emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qog’ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat’iy belgilangan narx bo’yicha sotib olishga bo’lgan huquqini tasdiqlaydi. 1. Kompaniya o’z xizmatchisiga aksiyani qat’iy bahoda sotib olish huquqini berishi. 2. Qimmatli narsalarni va moliyaviy huquqni sotish yoki sotib olish to’g’risidagi majburiyat shartnomasi. 3. Qimmatli narsalarni sotish yoki sotib olish huquqi uchun to’langan haq.