Order
Order (lotincha ordo — qator, tartib) — 1) buyruq, ko’rsatma, farmoyish beruvchi rasmiy hujjat (masalan, uy-joyga ko’chib kirishga, tergov organlarining tintuv o’tkazishga ruxsat beruvchi buyrug’i); 2) buxgalteriyada — pul mablag’lari yoki moddiy boyliklar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga oid hujjat.